Hujjat № OF-2026/01

Ommaviy oferta va platforma qoidalari

Oxirgi yangilanish: 19-sentabr, 2026-yil

1. Umumiy qoidalar

Ushbu Ommaviy oferta "damen.uz" internet birjasi (keyingi o'rinlarda — Platforma) orqali .UZ hududidagi ikkilamchi domen nomlarini oldi-sotdi qilish, auksionlarda qatnashish va xavfsiz bitim (Eskrou) xizmatlaridan foydalanish tartibini belgilaydi.

2. Domenlarni joylashtirish va Auksion qoidalari

  • Har bir domen saytga qo'shilgach, admin moderator tomonidan tekshiriladi (status: "Kutilmoqda").
  • Domen rasmiy egasi ekanligi va huquqiy nizolari yo'qligi tasdiqlangach, auksion yoki to'g'ridan-to'g'ri sotuv (status: "Faol") holatiga o'tkaziladi.
  • Faol auksionlar uchun start va tugash sanasi belgilanadi. Belgilangan vaqt tugagach, domen avtomatik "To'xtatilgan" holatga o'tadi.

3. To'lov va Xavfsiz o'tkazish (Escrow) kafolati

Platforma xaridor va sotuvchi o'rtasida to'liq xavfsiz vositachilik vazifasini bajaradi. Xaridor to'lagan mablag' domen akkreditatsiyadan o'tgan registrator orqali rasman yangi egasining nomiga to'liq o'tkazilgunga qadar saqlanadi.

4. Tomonlarning javobgarligi

Sotuvchi domen nomiga nisbatan uchinchi shaxslarning da'volari yo'qligiga va intellektual mulk qonunchiligiga zid kelmasligiga to'liq javobgardir.